To`lov qaytarish shartlari.

Topsotuv online treningga qatnashsangiz va natijaga erisha olmasangiz, qatnashish uchun sarmoya qilgan to`lovingiz 100% to`liq holda qaytarib beriladi.

Topsotuvga sarmoya qilgan pulingiz faqatgina darslardan natijaga erishmagan holatingizdagina qaytarib beriladi.

Topsotuv darslari orqali sotuv mahoratingizni kuchaytirishingiz uchun sizdan kuniga 1 soatdan 30 kun mobaynida ketma-ket muntazam shug`ullanishingiz talab qilinadi.

Darslardan natija olmadim deb to`lovingizni qaytarib olish uchun murojaat qilganingizda, sizdan haqiqatdan ham 30 kun ketma-ket shug`ullanganingizni tasdiqlovchi isbotni talab qilamiz.

(Isbot har kuni shug`ullanayotganingiz rasmi yoki qisqa videosi bo`ladi)

Shuning uchun ham agar meni tajribamga va bilimlarimga shubhangiz bo`lsa, birinchi kundanoq shug`ullanayotganingizni rasmga yoki videoga olib yurishni unutmang.

30 kun ketma-ket shug`ullanganingiz isbotini taqdim etganingizdan so`ng, treningga qilgan sarmoyangizni 100% to`liq holda siz ko`rsatgan UZCARD plastik kartasiga 20 ish kun ichida o`tkazib beramiz.

Powered By ClickFunnels.com